Sunday, September 14, 2014

“Grin karta”ni qo’lga kiritish yo’llari (Birinchi maqola)

Grin kartaning rasmiy nomi Alien Registration Receipt Card bo’lib, xorijiy fuqaroni ro’yxatdan o’tganlik kartochkasi degan ma’noni bildiradi.
Biz ushbu turkum maqolalarimizda oila kategoriyasiga katta e’tibor bergan holda, oddiy odamlar olishi mumkin bo’lgan grin karta haqida ma’lumot beramiz.



 Turli millat vakillari uchun immigratsiya vizalar lotereyasi (DV Lottery)-Grin Karta

1990-yilgi Immigratsiya Akti bu turdagi grin kartani AQSh hududida kam sonda istiqomat qiladigan millat vakillari uchun yaratga. Ushbu turda istalgan kishi ro’yxati keltirilgan davlatlardan birining fuqarosi bo’lsa va ma’lum ta’lim talablariga javob bersa onlayn ariza topshirishi mumkin. Barcha onlayn arizalar orasidan tasodifiy natijalar lotereya g’oliblarini aniqlaydi. Ushbu turdagi grin kartaning to’li nomlanishi “Turli millat vakillari cuhun immigratsiya viza” deb nomlansada, xalq orasida grin karta lotereyasi deb tanilgan.
Har yili ellik ming g’olib lotereyani qo’lga kiritadi. Bu lotereya dunyoni regionlarga bo’lgan holda va har bir regionga beriladigan grin kartalar sonining yetti foizidan ortig’i berilmagan holda tasodifiy tanlanadi. Lotereyani yutish grin kartani qo’lga kiritish degani emas. Lotereya g’oliblari grin kartani olish uchun ariza topshirishlari lozim. Ko’pchilik ushbu jarayonda bu imkoniyatni qo’ldan chiqaradi, chunki arizachilarda nomuvofiq deb topilishi, davlat qonunda belgilangan sanagacha arizachilarga vizalarni tayyorlab bera olmasligi mumkin.
O’zbekistonda “Grin karta” yutib Amerikaga ko’chib kelishni orzu qiluvchilar ko’p. Kimlar uchundir o’tgan yillarda bu orzu ro’yobga chiqqan bo’lsa, ayrimlar uchun “Grin karta” hanuz ushalmas armonligicha qolmoqda. Agar siz ham “Grin karta” borasida omadi chopmayotganlar qatorida bo’lsangiz, orzuim armonga aylandi, deya afsus chekishga shoshilmang. Chunki o’tgan yili yutmagan bo’lsangiz, bu safar omadingiz kulib boqishi hech gap emas. Demak, yana “Grin karta”ga topshirish payti keldi.

Bizning vazifamiz arizachilarga Grin Kart tanlovida ishtirok etishi va g'olib bo'lishiga yaqindan yordamlashishdir. Grin Kart tugrisida asosiy savollarga javob olish uchun sahifamizni "Savollar va javoblar" bulimiga o'ting.

Test 123

Test 123